"Yur,tog'larga ketamiz"

Kitob mualliflari Shukur Xolmirzayev,

«Yur, tog'larga ketamiz» qissasi ana shunday epigraf hamda Saroytosh qishlog'ining go'zal ta'rifi bilan boshlanadi. Qissa qahramoni qorong'i bostirmadan topib olgan kuchukbolaga (aslida, u oddiy kuchukbola emas, bo'ri bilan itning orasida tug'ilgan) Qoraboy deb ism qo'yadi. Shu kundan e'tiboran uning hayoti qiziqarli voqealar bilan boyib boradi. Bag'rikeng tog'liklarning hammasi ham negadir Qoraboyga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lmaydilar, uni odamlar orasidan yo'qotishga urinadilar. Ammo asar qahramoni sodiq do'stini harchand himoya qilmasin, ko'pchilikka bas kelolmaydi. Alaloqibat, odamlardan zulm ko'rgan Qoraboy ularga zulm bilan javob qaytaradi. Natijada esa «Hayvonot bog'i»ga badarg'a qilinadi. Ammo o'rtada allaqachon ildiz otgan sadoqat rishtasi, mehr-muhabbat tuyg'usi do'stlarni qayta diydor ko'rishtiradi. Tog'lar esa yana ularni qarshi olmoqqa shay turadi ...

Fan yoʻnalishi: | Adabiyot |
UDK 821.512.133-32
Kitob nashriyoti nomi: "Zabarjad Mediya"
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-6870-1-1
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 144
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH