To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
If qal'asining mahbusi. Ikkinchi kitob.
"If qal'asining mahbusi" asari jahon adabiyotining o'lmas durdonalaridan biri hisoblanadi! Ushbu asar vatanimizda ham bir necha bor qayta chop etilgan. Chunki har doim bu kitobga talab katta bo'lgan. Asarni o'qish davomida biror joyda mantiqsizlikka duch kelmaysiz. - Asarning asosiy qahramoni Edmon Dantes bo'lsa ham, adib ikkinchi darajali qahramonlar orqali ham juda katta mazmun yaratadi. Buni siz Abbat Faria, Vilfor, Alber, Danglar kabi qahramonlarning tabiati va suhbatidan bilib olasiz. Asarda faqat Edmon Dantesning dushmanlaridan o'ch olish g'oyasi emas, balki dunyodan ezgulikni axtarishi ham namoyon bo'ladi. Ushbu kitob ilk bor o'zbek tilida 1974-yilda chop etilgan. Bu davrdagi nashrida ayrim so'z va jumlalarning ma'nosi izohlanmagan yoki ruscha so'zlar, yoki baynalmilal jumlalar orqali berilgan edi. Bu holat bilan biz tarjimonlarni yoki o'sha davr nashriyoti xodimlarini kamsitish fikridan yiroqmiz. Faqat hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asar tarjimasiga qo'shimcha iqtiboslar kiritildi va asar hozirgi o'zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.
Fan yoʻnalishi: | | |
---|---|
UDK | 8 |
Kitob nashriyoti nomi: | Bayoz |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-5623-7-0 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2019 Yil |
Betlar Soni: | 704 |