Ushbu darslikda fuqarolik huquqi tushunchasi, predmeti, tizimi va manbalari, fuqarolik huquqining subyektlari va obyektlari, fuqarolik huquqida bitimlar, vakillik va ishonchnoma, muddatlar va da'vo muddatlari, mulk huquqi, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari, mulk huquqining asosiy tamoyillari, mulk shakllari, ashyoviy huquq va uning turlari, xususiy va ommaviy mulk huquqi, mulk huquqini himoya qilish, majburiyat huquqi, majburiyatlami vujudga kelishi, majburiyat subyektlari va obyektlari, majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usullari, majburiyatlarni bekor bo'lishi, shartnoma huquqi, shartnomalarning turlari, shartnomalarni tuzish va bekor qilish bilan bog'liq masalalar amaldagi qonun hujjatlari asosida yoritib berilgan. Darslik "Fuqarolik va oila huquqi" fanini o'rganish va o'rgatish bilan shug'ullanuvchi professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, kursantlar, talabalar, tinglovchilar, ilmiy xodimlar hamda huquq ijodkorligi faoliyati bilan qiziquvchilarga moʻljallangan.