Ingliz va o'zbek badiiy matnlarida antitezaning semantik va pragmatik xususiyatlari (Abdulhamid Cho'lpon va Tomos Eliot asarlari misolida)

Kitob mualliflari Ro'zibayeva N.R.,

Ushbu monografiya ingliz va o'zbek adabiy matnlarida, xususan, Tomas Eliot va Abdulhamid Cho'lpon asarlarida qo'llangan antitezaning semantik va pragmatik xususiyatlarini tahlil qilishga bag'ishlangan bo'lib, unda antitezaning uslubiy vosita sifatidagi roli, uning tilshunoslikdagi o'rni, stilistik, morfologik va sintaktik jihatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot dolzarbligi zamonaviy tilshunoslik va adabiyotshunoslikda badiiy matnni kognitiv-pragmatik yondashuv asosida o'rganishga bo'lgan talab bilan asoslangan. Antitezaning ingliz va o'zbek tillaridagi she'riy matnlarda qanday semantik asosda yuzaga kelishi, qanday stilistik vositalar bilan uyg'unlashuvi va muallif badiiy intensiyasini ifodalashdagi roli tahlil etilgan. Mazkur monografiyada antiteza leksik darajada antonimlar, sintaktik darajada esa gaplar va iboralar darajasida qarama-qarshi ma'no bilan aks etishi ko'rsatilgan. Tadqiqot natijalari ilmiy va amaliy jihatdan muhim bo'lib, u "Qiyosiy tipologiya", "Matn lingvistikasi", "Tarjima nazariyasi" kabi fanlar uchun asos bo'la oladi. Shuningdek, antiteza, tazod, oksimoron, antifrazis kabi stilistik vositalar o'zaro solishtirilib, ularning badiiy matndagi ifodalilik darajasini oshirishdagi funksiyasi yoritilgan. Ushbu monografiya stilistika, chog'ishtirma tilshunoslik, adabiyotshunoslik hamda tarjimashunoslik uchun muhim ilmiy manba hisoblanadi. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-iyundagi 8-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan. Monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti va "SKY-CHESS" NTM bilan 2025-yil 5-iyunda 45-sonli xo'jalik shartnomasiga asosan tayyorlangan.

Bilimlar sohasi: |
UDK 82(035.3)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-554-68-1
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 120
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Monografiya
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH