O'zbekiston Respublikasida konstitutsiyaviy sud faoliyatini takomillashtirish: nazariy va amaliy masalalar

Kitob mualliflari Abdullayeva M.M.,

Ushbu monografiyada davlat hokimiyati tizimida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining tutgan o'rni va funksiyalari, hokimiyatlar bo'linishi sharoitida Konstitutsiyaviy sudning huquqiy tabiatiga oid zamonaviy yondashuvlar tahlili, O'zbekiston Respublikasida Konstitutsiyaviy sud faoliyatining rivojlanish bosqichlari, Konstitutsiyaviy sudni shakllantirish va mustaqilligini ta'minlash mezonlari, konstitutsiyaviy nazorat samaradorligini oshirishning tashkiliy-huquqiy muammolari, Konstitutsiyaviy sud qarorlarini ijro etishning dolzarb jihatlari, Konstitutsiyaviy sudning qonunchilik tashabbusi huquqi, xorijiy davlatlarda konstitutsiyaviy nazoratning modellari tahlili hamda milliy qonunchilikni takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari masalalari tadqiq etilgan. Mazkur monografiya oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilari, talabalari, Konstitutsiyaviy huquq, Konstitutsiyaviy nazorat va konstitutsiyaviy sudlov sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar, ilmiy xodimlar va ushbu masalalar bilan shug'ullanuvchi amaliyot xodimlari hamda keng jamoatchilikka mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 20-iyundagi 8-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.

Bilimlar sohasi: |
UDK 347.9(035.3)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-554-92-6
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 160
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Monografiya
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH