TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI YURIDIK KLINIKASINING 25 YILLIK FAOLIYATIGA BAG'ISHLANGAN "YURIDIK KLINIK TA'LIM: AMALIYOT, TEXNOLOGIYALAR, HUQUQIY ONG" XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI MATERIALLARI TO'PLAMI

Kitob mualliflari

Mazkur to'plamda yuridik klinik ta'limning dolzarb masalalariga bag'ishlangan ilmiy maqolalar va materiallar jamlangan. Unda yuridik klinikalarning oliy yuridik ta'lim jarayonidagi o'rni va ahamiyati, talabalarda amaliy ko'nikmalarni shakllantirish mexanizmlari, zamonaviy raqamli texnologiyalarni qo'llash, shuningdek, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari chuqur tahlil qilingan. Alohida e'tibor xorijiy davlatlarning yuridik klinik ta'lim sohasidagi ilg'or tajribasi, fuqarolarga malakali va bepul yuridik yordam ko'rsatishning samarali mexanizmlari, raqamlashtirish jarayonlari hamda adolatli sudlovga teng huquqiy imkoniyatlarni ta'minlash muammolariga qaratilgan. To'plam amaliyotchi yuristlar, advokatlar, yuridik maslahatchilar, oliy o'quv yurtlari o'qituvchilari, ilmiy xodimlar, shuningdek, yuridik ta'lim yo'nalishlari talabalari va doktorantlari uchun mo'ljallangan. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot kengashining 2026-yil 26-yanvardagi 5-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.

Bilimlar sohasi: |
UDK 37(092)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-239-42-7
Kitob nashr qilingan yili: 2026 Yil
Betlar Soni: 168
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: To‘plam
Nashr tili: Ўзбек, Рус, Инглиз
Kataloglashtirish manbai: Lotin, kiril, ingilizcha
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH