| To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | Lug‘at |
| Nashr tili: | O‘zbek |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Geodeziya, kartografiya va kadastr atamalarining izohli lug'ati
Lug'at "2020-2030-yillarda o'zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi" talablaridan kelib chiqib, Kadastr agentligi va uning tizimidagi tashkilotlar mutaxassislari tomonidan tayyorlandi. Lug'at soha mutaxassislari va soha iftixorlari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar bilan boyitilgan. Ayrim o'rinlarda kadastr atamalari mohiyatini batafsilroq tushuntirilishi maqsad qilingani bois ularning to'liq mohiyatini anglash uchun iqtiboslar orqali izohlar kengaytirib berilgan. Lug'atda 4200 dan ortiq atama jamlangan. Mazkur lug'atga nafaqat kadastr tushunchasi balkim yer tuzish, geodeziya, kartografiya, geoinformatika va Yerni masofadan zondlash sohalari bo'yicha ham keng ma'lumot berilgan. Lug'atga "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" milliy tadqiqot universiteti va Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti hamda O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti professor-o'qituvchilarning taqrizlari olingan. Lug'at soha mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar, xo'jalik yurituvchi subyektlar vakillari hamda qiziquvchilarga mo'ljallangan. Ushbu lug'atdagi QR kodlar orqali elektron ko'rinishda ham foydalanish imkoniyati mavjud.
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | 528.44(038) |
| Kitob nashriyoti nomi: | Kartografiya DIICHK |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9910-555-04-6 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2025 Yil |
| Betlar Soni: | 394 |