| To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | Monografiya |
| Nashr tili: | O‘zbek |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Hukm-odil sudlovning asosiy me'yori: nazariya va amaliyot sintezi
Odil sudlov jarayonining asosiy natijasi va huquqiy adolatni ta'minlovchi markaziy hujjat sifatida e'tirof etiladigan hukmning adolatliligi, qonuniyligi va asosliligi tamoyillari mujassamlashgan. Hukm nafaqat sudning huquqiy pozitsiyasini ifodalovchi hujjat, balki jamiyatning qonuniylik va adolatga ishonchini mustahkamlovchi vosita sifatida ham o'rganiladi. Ushbu monografiyada hukmning nazariy asoslari, uning huquqiy mohiyati, amaliy ahamiyati hamda sud-huquq tizimining samaradorligidagi o'rni tahlil qilinadi. Bunda hukm tuzilishi, uning qabul qilinishidagi protsessual qoidalarga rioya etilishi, qonunchilikdagi huquqiy me'yorlar hamda ularning amaliyotdagi qo'llanilishi o'zaro bog'liqlikda ko'rib chiqiladi. Muallif hukmlarining chiqarilish tendensiyalariga (2022 yilda jami hukmi chiqarilgan ishlar soni 58.697 tani tashkil etgani holda, undan 501 tasi oqlov hukmi, 2023 yilda 58.418 tadan 457 tasi oqlov hukmi, 2024 yil 9 oyida 44.755 tadan oqlov hukmi 320 tani tashkil etmoqda) va ularning sonini ko'payishiga e'tibor qaratmoqda.
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | 347.9(035.3)(575.1) |
| Kitob nashriyoti nomi: | Toshkent davlat yuridik universiteti |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9943-6558-8-1 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2025 Yil |
| Betlar Soni: | 114 |