| To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | Monografiya |
| Nashr tili: | O‘zbek |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Biotexnologiya sohasidagi intellektual mulk huquqlarining nazariy-huquqiy asoslari
Monografiyada ilk bor biotexnologiya sohasidagi intellektual mulk huquqlarining nazariy-huquqiy asoslari bilan bog'liq bo'lgan ilmiy va amaliy muammolar yangicha yondashuv orqali kompleks tadqiq etilgan. Muallif ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan biotexnologiya sohasidagi intellektual mulk huquqlariga oid huquqiy normalarni yanada takomillashtirish maqsadida amaldagi qonunchilikka tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilishi zarurligini asoslaydi. Monografiyada bildirilgan takliflar, umumlashtirilgan xulosa va qoidalar biotexnologiya sohasida intellektual mulk huquqlarini himoya qilish va innovatsion faoliyatni rag'batlantirish bo'yicha qonunchilikni takomillashtirishda qo'llanishi mumkin. Shu bilan birga, olingan xulosalar biotexnologiya sanoatini rivojlantirishga yo'naltirilgan loyihalarni amalga oshirishda, patent tizimini takomillashtirishda va intellektual mulk huquqlarini himoya qilishda amaliy qo'llanishi mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan O'zbekiston Respublikasining intellektual mulk sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, Xalqaro xususiy huquq, Fuqarolik huquqi, Intellektual mulk huquqi, Kiber huquqi va Biotexnologiya huquqi fanlarini o'qitish va ushbu fanlar boʻyicha yoziladigan darslik hamda o'quv qo'llanmalarni yaratish, ma'ruza matnlari, o'quv kurslarining dasturlarini tuzish, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishda foydalanish mumkin. Mazkur monografiya Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining 2025-yil 24-oktabrdagi 2-sonli majlis bayonnomasi asosida nashrga tavsiya etilgan.
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | 347.7(035,3)(575.1) |
| Kitob nashriyoti nomi: | TDYU |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9910-554-91-9 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2025 Yil |
| Betlar Soni: | 168 |