Quyosh ostidagi yovuzlik

Kitob mualliflari Kristi А.,

<<Quyosh ostidagi yovuzlik» romani Agata Kristining eng qiziqarli asarlari ro'yxatida turadi. O'z vaqtida ekranlashtirilgan bu asar kitobxonlarni ham, tomoshabinlarni ham zeriktirib qo'ymasligi aniq. Xususiy izquvar Erkyul Puaro Lezerkomb koʻrfazida dam olishni istaydi, ammo kurortda ham odatdagi ishi bilan shug'ullanishiga qotillikni fosh qilishiga to'g'ri keladi. Bir qarashda qotilning kimligi ravshan hammasiga muhabbat uchburchagi aybdor. Lekin uchburchak to'rtburchak, beshburchak, hatto juda murakkab geometrik figura bo'lib chiqishi, odamlarning koʻziga muhabbat va ehtirosdek ko'ringan tuyg'ular esa, aslida, boylikka o'chlik boʻlishi ham mumkin. Bunday chalkash jinoyatni Puarodan boshqa kim ham fosh qila olardi?

Bilimlar sohasi: |
UDK 821.111-312.4
Kitob nashriyoti nomi: Spectrum
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-5355-4-1
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 224
Аdabiyot bilan tanishish uchun Аxborot-resurs markaziga aʼzo boʼlish shart
Hujjat turi: Badiiy adabiyot
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar