| Аdabiyot bilan tanishish uchun Аxborot-resurs markaziga aʼzo boʼlish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | Badiiy adabiyot |
| Nashr tili: | O‘zbek |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Jinoyat va jazo: roman
Roman 1866-yilda yozilgan. Inson kechinmalarining eski va yangisi bo'lmaganidek, tuyg'ular birlamchi bo'lgan asar ahamiyati ham yo'qolmaydi. Mazkur roman ayni shu fikrning isbotidir. Asarni nashr etishdan maqsadimiz, bugungi kitobxonlarimizni o'z davrida shuhrat qozongan asar - talaba hayotidan ayanchli drama bilan tanishtirish. <<Kambag'allik ayb emas, biroq yo'qchilik - illat. Birinchisida inson tug'ma fazilatlarni saqlab qoladi, ammo yoʻqchilikda ularni hech qachon va hech kim saqlab qola olmaydi», asardagi personajlaridan biri bosh qahramonga bu gapni hayotiy misollar asosida izohlab beradi. Universitetning sobiq talabasi bo'lgan Raskolnikov esa bu gapdan tegishli xulosa chiqara olmaydi. Natijada, yoʻqchilikdan qutulish, tezda boyib ketish va yuqori mavqeyiga ega bo'lish maqsadida aql bovar qilmaydigan jinoyat sodir qiladi. Fojiali jihati qahramon o'z jinoyatini oqlaydi. Ammo hayot qonunlari adolatli - jinoyatni jazosiz qolishiga imkon bermaydi. Ruhiy jazo jinoyatchini o'z aybiga iqror bo'lishga majbur etadi. Romanda mudhish qotillikning uzluksiz uqubatlari bilan birga go'zal muhabbat tasviri ham borki, u kitobxon qalbini beixtiyor junbishga keltiradi.
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | 821.161.1-1 |
| Kitob nashriyoti nomi: | Dunyo nashr |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9910-8973-5-1 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2025 Yil |
| Betlar Soni: | 704 |