| Аdabiyot bilan tanishish uchun Аxborot-resurs markaziga aʼzo boʼlish shart | |
|---|---|
| Hujjat turi: | Monografiya |
| Nashr tili: | O‘zbek |
| Kataloglashtirish manbai: | Lotin |
| Hujjat tipi: | Bosma shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Bolalar adabiyotida pedagogik-didaktik yondashuv
Mazkur monografiya bolalar adabiyotini pedagogik va didaktik yondashuvlar nuqtai nazaridan o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, ayniqsa, mashhur Amerikalik yozuvchi Doktor Syuz (Theodor Syuz Geisel)ning ijodi asosiy tahlil obyekti sifatida tanlangan. Asarda bolalar adabiyotining nafaqat badiiy-estetik jihatlari, balki uning tarbiyaviy va ta'limiy salohiyati chuqur o'rganiladi. Muallif bolalar uchun mo'ljallangan adabiy matalar orqali axloqiy g'oyalar, insoniy qadriyatlar, ekologik ong va mustaqil tafakkurni shakllantirishdagi imkoniyatlarni aniqlashni maqsad qilgan. Monografiyada Doktor Syuzning mashhur asarlari vositasida bolalar adabiyotining o'ziga xos pedagogik funksiyalari yoritilib, ularning maktabgacha va boshlang'ich ta'lim tizimida qanday qo'llanilishi mumkinligi ko'rsatiladi. Shuningdek, adib asarlaridagi didakik elementlar, badiiy tasvir vositalari va bolalarga xos dunyoqarashni ifodalash usullari tahlil qilinadi. Doktor Syuzning obrazlar orqali berilgan chuqur ma'nolar o'quvchilarning qiziqishini uyg'otuvchi o'yin elementlari va ritmik-uslubiy xususiyatlari adabiy ta'limda qanday pedagogik natijalar berishi mumkinligi ilmiy asosda tahlil qilinadi. Mazkur tadqiqot bolalar adabiyotining imkoniyatlarini yanada kengroq anglash, uni ta'lim jarayoniga integratsiyalash hamda yosh avlodda ijodiy taıkkur, ijtimoiy faollik va axloqiy mas'uliyat tuyg'usini shakllantirishda adabiyotning tutgan o'mini ko'rsatishga xizmat qiladi. Monografiya bolalar adabiyoti bilan shug'ullanuvchi tadqiqotchilar, o'qituvchilar, metodistlar va ta'lim sohasidagi mutaxassislar uchun nazariy hamda amaliy jihatdan muhim manba bo'lib, pedagogik jarayonda badiiy matnlardan samarali foydalanish yo'llarini ko'rsatib beradi.
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | 37(035.3)(575.1) |
| Kitob nashriyoti nomi: | Zamon poligraf |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9910-649-53-0 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2025 Yil |
| Betlar Soni: | 104 |