CHINOR

Kitob mualliflari ASQAD MUXTOR,

Inson hayoti barcha nuqson-u kamchiliklari, imkon va imkonsizliklari, xatolari, aqliy va jismoniy kuchi va kuchsizliklari ro‘yi –rost ko‘rsatilgan o‘lmas asar. Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an‘analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari –hikoyatlar yaqin o’tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar…. Bularning hammasi ham bir o‘zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma‘noda ‘‘tagli- zotli‘‘ . Uning har bir a‘zosi xalq hayotida ma ‘lum bir mas ‘uliyatli yukni o’z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi , xalqimiz timsolidir. Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy -estetik fikrni ilgari suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.

Fan yoʻnalishi: | Adabiyot |
UDK 821.512.133-3
Kitob nashriyoti nomi: Yangi asr avlodi
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-27-560-7
Kitob nashr qilingan yili: 2018 Yil
Betlar Soni: 576
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH