ZULMAT ICHRA NUR

Kitob mualliflari MIRKARIM OSIM,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 –yil 13- sentyabrda ‘‘Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to’g’risida‘‘gi qarorida yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg’usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo’lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug’ adib - Mirkarim Osimning ‘‘Zulmat ichra nur”qissasini mutolaa qilgan yosh kitobxonlar ma’naviy olami shunga yarasha bo’ladi. Alisherning nihoyatda o’tkir zehnli bo’lgani, o’qish va yozishni juda erta o’rganib olgani, eng muhimi – bolaligidan she’riyatga, adabiyotga g’oyat qiziqqani haqida tarixiy asarlar guvohlik beradi. ‘‘Zulmat ichra nur” qissasida biz Alisherni to’rt yoshligidanoq yaqindan tanib boramiz. Ushbu qissani to’liq o’qisangiz, Alisher Navoiy bobomizning naqadar chuqur aql, tajriba egasi bo’lganini, u kishi oddiy dehqon bilan ham, zamona podshohlari bilan ham bemalol til topishib, murakkab muammolarni oqilona hal etganini bilib olasiz. Ushbu nashrning o’ziga xos jihatlaridan biri shundaki, hozirgi davr kitobxonlarining talab va iltimoslariga asosan asarga qo’shimcha iqtibos va izohlar kiritildi va hozirgi o’zbek adabiy tili qoidalari asosida qayta tahrirlandi.

Fan yoʻnalishi: | Adabiyot |
UDK 222.111.28
Kitob nashriyoti nomi: Ilm-ziyo-zakovat
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-6657-5-0
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 160
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH