Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): | Yuklab olish |
---|---|
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Navoiy
‘‘Navoiy‘’ romani o’zbek va rus tillarda bir necha marta nashr etilgan asar. Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki, also kamaytirmadi. Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi. Bundan besh asr oldin yashab o’tgan ulug’ shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina hos. Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga bo’lgan munosabati tasviridan ham o’rinli foydalangan. Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik, qat‘iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda nomoyon bo’ladi. Darhaqiqat, ‘‘Navoiy” romani o’zining badiiy –estetik qimmati, mazmun-mohiyati, badiiy-tasviriy vositalarga limmo-limligi, voqealarning izchilligi, tarixiy haqiqatning ko‘zgusi bo‘la olganligi, qahramonlarning bir-biri bilan, ya‘ni to’qima va tarixiy obrazlarning uyg‘unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e‘tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillarki, o‘z qadr-qimmatini yo‘qotgan emas, yo‘qotmaydi ham . Chunki chinakam badiiy san‘at asari hech qachon o‘lmaydi. Bunday asarlarni xalq unutmaydi. Oybekning o’zbek mumtoz adabiyotida yorqin siymo, ulug’ mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go‘zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.
Fan yoʻnalishi: | | Adabiyot | |
---|---|
UDK | 821.512.133 |
Kitob nashriyoti nomi: | Yangi asr avlodi |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-20-603-8 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2021 Yil |
Betlar Soni: | 424 |