Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): | Yuklab olish |
---|---|
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
O‘TKAN KUNLAR
O‘zbek romanchiligi va hayotiy hikoyalar janrining asoschisi, buyuk ustozimiz –Abdulla Qodiriy (1894-1938 –yillar) XXasr o‘zbek adabiyotining buyuk darg‘alaridan biri bo‘lgan. A.Qodiriy dastlabki ta‘limni musulmon maktabi, rus-tuzem maktabida, Abulqosim shayx madrasasida olgan. 1925-1926 – yillarda Moskvadagi adabiyot kursida ta‘lim olgan. Uning dastlabki ijodlari ‘‘Samarqand” , ‘‘Oina”, ‘‘Sadoi Turkiston” gazetalari va o‘zi tashkil etgan ‘‘Mushtum” jurnalida e‘lon qilingan. A.Qodiriyning ‘‘To’y”, ‘‘Ahvolimiz”, ‘’Millatimga”, ‘‘Fikr aylagil” kabi she’rlari : ‘‘Baxtsiz kuyov”, dramasi , ‘‘Juvonboz”, ‘‘Uloqda” (1916 –yil) , ‘‘Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, ‘‘Toshpo’lat tajang nima deydi?” (1920-yil) kabi hikoyalari ; ‘’O‘tkan kunlar’’ (1924-1926), ‘‘Mehrobdan chayon” (1929-yil) romanlari, ‘‘Obid ketmon” (1934) qissasi hozirgi vaqtda ham sevib o’qiladi. Shuningdek ,N.V. Gogolninig ‘’Uylanish” (1935-yil), A.P.Chexovning ‘‘Olchazor” (1936-yil) asarlarini ona tilimizga mahorat bilan tarjima qilgan. 1937-yilning 31- dekabrida ‘‘xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, 1938-yil 4-oktyabrda o‘limga mahkum qilingan. Yozuvchining o‘zi va asarlari 1956-yildan boshlab oqlangan. Abdulla Qodiriy Alisher Navoiy nomidagi Respublika Davlat mukofoti laureati (1991-yil), ‘‘Mustaqillik” ordeni bilan taqdirlangan (1994-yil).
Fan yoʻnalishi: | | Adabiyot | |
---|---|
UDK | 821.513 |
Kitob nashriyoti nomi: | Navro'z |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-5629-4-3 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2019 Yil |
Betlar Soni: | 400 |