YEVGENIY ONEGIN

Kitob mualliflari Aleksandr Sergeyevich Pushkin,

Adibning “Yevgeniy Onegin” asari rus adabiyotidagi birinchi she’riy romandir. Pushkin bu asarni yaratishda buyuk ingliz shoiri Bayronning “Don Juan” she’riy romanidan ta’sirlanib yaratgan. “Yevgeniy Onegin” romanining bosh qahramoni kelishgan, aqilli, o’ziga yarasha o’qimishli , farosatli yigit. Lekin u o’z axloqini kibor jamiyat talabiga moslashtirishga majbur bo’lgani uchun hammaga, hatto, o’ziga ham begona. Munofiqlik va yolg‘onni axloq darajasiga ko‘targani uchun ham oliy tabaqa vakillari o‘rtasidagi munosabatlarda samimiylik yo‘q. Samimiylik bo’lmagan joyda muhabbatga ham o‘rin yo‘q. Shu bois qizning eng munosib umr yo‘ldoshi bo’lishi mumkinligini yaxshi bilgani holda Yevgeniy Tatyananing sevgisini rad etadi. U o‘zining qizga loyiq emasligini sezadi. Onegin yengiltak ham, xotinboz ham emas. Lekin kiborlar ko’ziga shunday ko‘rinish, ular orasida shuhrat orttirish uchun ayollarni yo‘ldan ozdirishga intiladi. Yevgeniy janjalkash , qonxo‘r odam emas, ammo kiborlarda duelga chiqishdan qo‘rqdi degan fikr uyg‘otmaslik uchun, o‘zi istamagani holda sodda shoir yigit Lenskiyni otib o‘ldiradi. Romanda kuchi, g‘ayrati, aqlini sarflashi mumkin bo‘lgan ezgu mo‘ljalning yo‘qligi tufayli qiynalayotgan yigit iztiroblari aks etgan.

Fan yoʻnalishi: | Adabiyot |
UDK 322.11.00
Kitob nashriyoti nomi: Ilm-ziyo-zakovat
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-6657-4-3
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 224
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH