MA'MURIY HUJJATLAR
Kitob mualliflari
Dilmurod Artikov,
Botirjon Qosimov,
Behzod Narimonov,
"Ma'muriy hujjatlar" darsligi O'zbekiston Respublikasining ma'muruy huquq sohasi bilan bog'liq yangi qonunchiligiga asoslangan holda maʼmuriy hujjatlarning nazariy-huquqiy masalalarini yoritib berish , ma'muriy hujjatlar bilan bog'liq huquqni qo'llashda zarur bo'lgan nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur darslik 10 ta bobdan iborat bo'lib, belgilangan dastur doirasida shakllantirilgan. Darslikda quyidagi masalalar qamrab olingan: ma'muriy hujjat tushunchasi, mohiyati va uning o'ziga xos xususiyatlari; ma'muriy hujjatning shakli va mazmuni; ma'muriy hujjatning asosliligi; ma'muriy hujjatning kuchga kirishi; ma'muriy hijjatni tushuntirib berish va uni tuzatish; ma'muriy hujjatning amal qilishini tugatish, uni bekor qilish, o'zgartirish yoki haqiqiy emas deb topish; litsenziyalash sohasidagi ma'muriy hujjatlar; ruxsat berish sohasidagi ma'muriy hujjatlar; ro'yxatdan o'kazish sohasidagi ma'muriy hujjatlar; davlat xizmatlarini ko'rsatish bilan bog'liq sohalarda ma'muriy hujjatlar.
Fan yoʻnalishi: |
| Huquqshunoslik |
|
UDK |
342.9(075)(575.1) |
Kitob nashriyoti nomi: |
Azmir Nashr Print |
Kitob nashr qilingan shahar:
|
Toshkent |
ISBN: |
978-9943-6912-1-6 |
Kitob nashr qilingan yili: |
2021 Yil |
Betlar Soni: |
109 |