To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Abdulla Qodiriy
Vatanining mustabidlar zulmidan ozod bo'lishini, millati farzandlarini sharafga to'lganlar qatorida ko'rishni orzulagan xalqimizning qalbi uyg'oq farzandlari Jadid adabiyoti namoyandalari» bugun yana o'z o'quvchilari bilan yuzlashmoqda. Xalq ma'naviyatini boyitish yo'lida olib borilgan kurashlar, milliy matbuot, adabiyot va teatrning odamlar tafakkurini oshirishdagi ahamiyati haqida asarlarida kuyinib yozgan, bu borada fidoyilik ko'rsatgan, alaloqibat, qatag'onga uchraganlar haqida so'z borarkan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho'lpon, Abdulla Avloniy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Usmon Nosir, Is'hoqxon Ibrat siymolari ko'z oldimizda gavdalanadi. Ular o'z asarlarida ko'targan muammolar hamon bizning qarshimizda bo'y ko'rsatib turibdi. Biz hamon «millatni uyg'otish uyg'onganlarning vazifasi» degan chorlovga munosib javob qaytarolganimiz yo'q.
Fan yoʻnalishi: | | Adabiyot | |
---|---|
UDK | 821.512.133-31 |
Kitob nashriyoti nomi: | Zabarjad Media |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-7069-9-6 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2024 Yil |
Betlar Soni: | 400 |