AHOLIGA IJTIMOIY MUHOFAZA YORDAMINI TASHKIL ETISH

Kitob mualliflari TURSUNOV YULDASH, USMANOVA MUBORAK,

Inson manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida e'zozlanayotgan, fuqarolar uchun hech kimdan kam bo'lmagan farovon va to'kis hayot sharoitini barpo qilish o'zining oliy maqsadi ekanini butun jahonga e'lon qilayotgan bizning davlatimiz va jamiyatimiz uchun bu tabiiy holdir. Kuchli ijtimoiy muhofazalash siyosatini real ta'minlay oladigan huquqiy negiz va zarur tizim yuzaga keltirilgan ekan uning samarali ishlashini amalda ta'minlash, davlatimiz ijtimoiy siyosatini real ro'yobga chiqarishda mutaxassis kadrlar muhim o'rin titadi. Mazkur darslik bu sohada zarur zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan malakali o'rta bo'g'in mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan. Darslikda aholini ijtimoiy muhofaza qilishning shakl va usullari, bu sohada faoliyat yuritadigan davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy muhofaza shakllari va ularni amalga oshirilishiga taalluqli masalalar atroflicha yoritiladi. Darslik 3380104 - Yurisprudensiya mutaxassisligi uchun Namunaviy dasturga muvofiq tayyorlandi. Darslikdan Pensiya jamg'armasi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish idoralari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, ijtimoiy muhofaza masalalari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishlari mumkin.

Fan yoʻnalishi: | Huquqshunoslik |
UDK 316.6(075)
Kitob nashriyoti nomi: Davr nashriyoti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-4017-3-0
Kitob nashr qilingan yili: 2012 Yil
Betlar Soni: 184
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Darslik
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH