Qo'shchinor chiroqlari

Kitob mualliflari Qahhor A.,

Atoqli adibimiz Abdulla Qahhorning bizga qoldirgan badiiy merosi bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Uning cho'ng va zargarlik bilan yaratilgan har bir asarida boqiy haqiqat muhri va shukuhi bor. Bunday zalvorli asarlar, shak-shubhasiz, yosh avlod ong-u tafakkurini boyitishda ma'naviy kuch-qudratga ega bebaho merosdir. Yozuvchining o'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo'shgan ulkan hissasi e'zoz bilan tilga olinmoqda. Uning hikoya va romanlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini aslo yo'qotmagan. Abdulla Qahhor va uning ijodi haqida Abdulla Oripov: "Adabiyotimiz tarixida betakror siymolardan biri Abdulla Qahhordir. Bu zot adabiyotga kirib kelgan damlaridanoq so'z sehrgari sifatida e'tirof etilgandi. Abdulla Qahhor jahon adabiyotida ham eng taniqli yozuvchilar safida turadi", degan bo'lsa, Ozod Sharafiddinov: "Abdulla Qahhor - ulug' inson va ulug' ijodkor edi. Shuning uchun hozirga qadar men o'zimni uning shogirdiman deb atashga istihola qilaman. Negaki, uning shogirdi boʻlish shu qadar sharafliki, bu sharafga biz loyiqmizmi-yo'qmi, Xudo biladi. Biz, ya'ni shogirdlari unga har qancha yaqin bo'lmaylik, orasida hamisha muayyan masofa bo'lardi", - deya ulug'lagan. Qo'lingizdagi ushbu kitobdan o'rin olgan "Qo'shchinor hiroqlari" romani Abdulla Qahhorning yana bir san'at asari sifatida ruksak baholangan. Asarda, xalqimizning qishloq xo'jaligini jamoalashtirish davridagi hayoti yoritiladi. Shuningdek, har qanday buyuk asarlarda bo'lganidek, bu romanda sevgi-muhabbat, do'stlik, Vatanga sadoqat, iymon-e'tiqod, mehnatkashlik, onaga mehr-muhabbat ulug'langan.

Fan yoʻnalishi: |
UDK 822.239
Kitob nashriyoti nomi: Oltin qalam nashryoti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-750-07-6
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 304
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH