Yulduzli tunlar

Kitob mualliflari Qodirov P.,

«Yulduzli tunlar» dunyoga mashhur o'zbek hukmdori, atoqli shoir, o'z davrining qomusiy bilimlari bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag'ishlangan asar. Asarda shoir va shoh Bobur hayotini tasvirlash muhim o'rin tutadi. <<<Yulduzli tunlar» keng hamrovli asardir. Unda Boburning shaxsiy xislatlari, oilaviy hayoti onasi Qutlug' Nigor xonimga chin farzandlik tuyg'usi, opasi Xonzodabegimga inilik, farzandlaridan Humoyun va Gulbadanga otalik mehri, birinchi umr yo'ldoshi Oyshabegim bilan o'tkazgan ko'ngilsiz damlar dramasi, Mohim bilan g'aroyib tanishuv daqiqalari, Mohimning Boburga cheksiz sadoqati, Panipat jangida halok bo'lgan Ibrohim Lodining onasi Malika Bayda (u Boburni zaharlashga erishgandan so'ng, ikki raqib ro'para keladi. Shunda Malika Bayda shohdan o'lim kutadi, bu bilan shoh ustidan manaviy tantanaga erishmoq, onani o'limga hukm etgan shohni el oldida sharmanda qilmoq istaydi, lekin buni sezgan Bobur uni jazolamay, o'zining tanti shoh ekanligini ko'rsatadi) bilan Bobur orasidagi munosabat hayajonli, go'zal ifodalangan. Adib butun asar davomida Boburning shoh, fotih sifatida qilgan shafqatsizliklari uning eng katta gunohi ekanligini doimo ta'kidlab boradi. Bobur tarixchi olim Xondamir bilan suhbatda deydi: «...avlodlar haqiqatni bilsinlar, bizni farishta deb o'ylamasinlar. Qilgan gunohlarimiz o'zimizga nechog'liq og'ir tushganidan ogoh bo'lsinlar... Toj-u taxt bevafoligini ko'pdan beri sezib yuribman. Menga vafo qilsa, faqat yozgan asarlarim vafo qilmog'i mumkin. Vatanimga o'zim qaytolmasam ham asarlarim qaytmog'i mumkin. Endigi orzuim - men tug'ilgan yurtimga qilolmagan farzandlik xizmatimni asarlarim qilsa...»

Fan yoʻnalishi: |
UDK 821.512.134-1
Kitob nashriyoti nomi: Oltin qalam nashriyoti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-9868-2-6
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 544
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH