To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Rustamxon
Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Rustamxon" dostoni o'zbek va turkman xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. "Rustamxon" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo'ldosh o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Hodi Zarifov (1905-1972) tomonidan yozib olingan, nashrga esa bolalarning mashhur shoiri Zafar Diyor (1912-1946) tayyorlagan. "Rustamxon" dostonida 'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or- nomus, islom dinining va sof muhabbatning ulug'lanishi, haqiqatning doimo g'alaba qozonishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Sultonxonning farzandsizligi, uning o'rtancha xotini Huroyimning farzandli bo'lishi haqidagi xabardan keyin safarga chiqib ketishi, Rustamxonning tug'ilishi, ikki kundoshning qilgan yovuzliklari, Maston kampirning kirdikorlari, Rustamxonning onasi Huroyim bilan birga qilgan safari, Rustamxonning ajdarni o'ldirishi, Oftoboyga uylanishi, oxir-oqibat Sultonxonning Huroyim va Rustamxon bilan qayta topishishiga guvoh bo'lasiz. Shuningdek, siz ushbu dostonni o'qish davomida xalqimizning bir qancha tarixiy etnografik urf-odatlari, safar, ota-bola munosabatlari, iymon va e'tiqod haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.
Fan yoʻnalishi: | | |
---|---|
UDK | 398.21(=512.133) |
Kitob nashriyoti nomi: | Zukko kitobxon |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-7786-3-4 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2021 Yil |
Betlar Soni: | 144 |