To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Qiyomat
Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romanida ezgulik va yovuzlik, haqiqat va yolg'onning, adolat va jaholatning o'zaro kurashi inson va tabiat; tabiat va insoniyatning o'zaro uyg'unligi esa bo'rilar Akbara bilan Toshchaynar orqali tasvirlanadi. Insoniyat o'z manfaati yo'lida tabiat va uning boyliklarini beayov sarflashi, yakson qilishi, tabiiy hududlarning o'zlashtirilishi, o'rmonlarning yo'q qilinishi, TABIAT va INSONIYAT o'zaro mutanoslikning buzilishiga olib keladi. Natijada ushbu hududlarda yashayotgan bo'rilarning dastlabki uch bolasini ovchilar otishadi, ular yashayotgan qamishzor yoqib yuboriladi. Oqibatda bo'rilarning yana beshta bolasi olovda nobud bo'ladi. Ilojsiz qolgan bo'rilar Akbara bilan Toshchaynar tog'ga ko'chishga majbur bo'ladi. Lekin bu yerda ham ularni tinch qo'yishmaydi. Asarning salbiy qahramoni Bozorboy yangi dunyoga kelgan to'rt bo'ri bolasini sotib yuboradi. Asarning yana bir qahramoni Avdiy Kallistratov esa insonlarni bunday jaholatdan qaytarishga urinadi. Lekin johil kimsalar uning maslahatiga quloq solmaydi. Oxir-oqibat nima bo'ladi? Buni asarni o'qish davomida bilib olasiz.
Fan yoʻnalishi: | | |
---|---|
UDK | 641.521 |
Kitob nashriyoti nomi: | Ilm-ziyo-zakovat |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-6654-2-2 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2020 Yil |
Betlar Soni: | 368 |