Alpomish

Kitob mualliflari Alpomish,

Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Alpomish" dostoni o'zbek xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. "Alpomish" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo'ldosh o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Mahmud Zarifov tomonidan yozib olingan. O'zbek xalqining buyuk adiblaridan biri Hamid Olimjon (1909-1944) esa birinchi bor nashrga tayyorlagan. To'liq holatda yozma holatga keltirilishi esa Hodi Zarif (1905-1972) va To'ra Mirzayev (1936-yilda tug'ilgan) tomonidan amalga oshirilgan. "Alpomish" dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, ornomus va yurt birligi yo'lida o'zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o'qib, o'ziga unashtirilgan qizning qalmoqlar orasida talash, yurtdoshlari- ning begonalarga xor bo'lmasligi uchun jonini tikkan Alpomish, Yaratganga imon keltirgani va mo'minga do'st tutingani uchun Hakimbekning yonida o'zining insofsiz yaqinlari hamda qarindoshlariga qarshi kurashgan Qorajon, insoniy fazilatlari bilan ko'pchilik erkaklardan baland tura oladigan Oybarchin va Qaldirg'och timsollari millatimizga xos yuksak insoniy sifatlarni aks ettirganligini ko'rasiz. Shuningdek, siz ushbu dostonni o'qish davomida xalqimizning bir qancha tarixiy etnografik urf-odatlari, dehqonchilik, chorvachilik, safar, baxillik va saxiylik, aka-uka munosabatlari, iymon va e'tiqod haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Fan yoʻnalishi: |
UDK 398.2(=512.133)
Kitob nashriyoti nomi: Zukko kitobxon
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-7787-7-1
Kitob nashr qilingan yili: 2022 Yil
Betlar Soni: 576
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH