Go'ro'g'lining tug'ilishi

Kitob mualliflari Go'ro'g'lining tug'ilishi,

Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostoni turkiy xalqlar xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. Bu doston "Go'ro'g'li" dostonlari turkumidagi dostonlarning dastlabkisi hisobla- nadi. "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Muhammad Jomurot o'g'li Poʻlkan shoir (1868-1937) tomonidan kuylangan va Hodi Zarif (1905-1972) tomonidan yozib olingan. Nashrga esa Malik Murodov tomonidan tayyorlangan. "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostonida turkiy xalqlarning azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus, va islom dinining ulug'lanishi yorqin ranglarda aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Go'ro'g'li otasi Ravshanning dushmanlar qo'liga asir bo'lib tushishi, uning dushmanlar elidan qochishi, xotini Bibi Hilolning qabr Go'ro'g'lini tug'ishi, Go'ro'g'lining ota yurtiga qaytib kelishi, togasi Ahmadning xotinini Rayhon arab olib qochishi, Go'ro'g'lining G'irko'k otini yo'qotishi, uni izlab safarga chiqishi, unga chiltanlarning yordam berishi, otini qayta topishi, Rayhon arabning qizi Zaydinoyni olib qochib tog'asiga keltirib berishi, Chambilga podsho bo'lishi kabi sarguzashtlarga guvoh bo'lasiz.

Fan yoʻnalishi: |
UDK 335.00-09
Kitob nashriyoti nomi: Ilm-ziyo-zakovat
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-7552-0-8
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 208
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH