To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Siyosiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Chinor
Romanning boshida butun yurtga tarqab ketgan uzoq-yaqin qarindoshlaridan xabar olgani otlangan Ochil boboga qo'shilishib muallif olis safarga chiqadi. Mana shu o'ta qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutinasiz. Bu taqdirlar bir-birlari bilan Ochil bobo orqali bog'lanib, yagona shajarani - azim Chinorni vujudga keltiradi. Bu romandan o'rin olgan hikoya va qissalar, ko'p asarlarda bo'lgani singari, albatta, yaxshilik bilan, ezgulikning yovuzlik ustidan qozonadigan g'alabasi bilan tugayvermaydi. Asarda o'nlab insonlar taqdiri borki, shafqatsiz va chigal hayot bo'roni ularni xuddi cho'ldagi bir uyum xashak singari sarson-sargardon qiladi. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni "to'g'ri yo'lga solib yuborish"dan o'zini tiyadi. Ortiqcha hayajon Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani "Chinor" romanida yaqqol o'zini ko'rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o'qib-o'rgangan tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo'llashdan cho chimaganiga guvoh bo'lamiz.
Fan yoʻnalishi: | | |
---|---|
UDK | 38.040.482.(051) |
Kitob nashriyoti nomi: | Ilm-ziyo-zakovat |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-6034-3-1 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2020 Yil |
Betlar Soni: | 432 |