Kichkina shahzoda

Kitob mualliflari Antuan De Sent-Ekzyuperi,

"Kichkina shahzoda" ertagi Antuan de Sent-Ekzyuperining eng kichik asarlaridan biri bo'lsa ham, unda adibning inson hayotining ma'nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o'rtasidagi do'stlik, birodarlik, hamdardlik va o'zaro hurmat munosabatlari, Yovuzlik va Yomonlikka qarshi kurash g'oyalari aks ettirilgan. Ezgulikkina yovuz baobabning g'ovlab ketishiga - olamni yomonlik egallab olishiga qarshi har kuni kurashga chiqadi. Qalbida ezgulik yashaydigan insongina o'zi suygan gulini sevgi-muhabbatini himoya qila oladi... Ezgulikning "Ko'ngil ko'zi ochiq" bo'ladi! Shunday o'lmas asar yaratgani uchun yozuvchining vatani Fransiyada, Antuan de Sent-Ekzyuperi tug'ilgan yurt - Lion shahri markazida unga ajoyib bir haykal o'rnatilgan. Ko'kka bo'y cho'zgan baland og marmar ustun ustida adib o'tiribdi, uning yelkasiga qo'lini qo'ygancha Kichkina shahzoda turibdi. Ular bu yuksaklik uzra hamon suhbat qurayotgandek tuyuladi kishiga. Darhaqiqat, Fransiyada va undan tashqarida adib ijodiga qiziqish va hurmat katta. Haykal ham shu katta hurmatning ifodasidir.

Fan yoʻnalishi: |
UDK 435.245.008
Kitob nashriyoti nomi: Oltin qalam nashriyoti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-750-77-9
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 176
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH