To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Malika ayyor
AZIZ KITOBXONLAR! Qo'lingizdagi ushbu kitob, ya'ni "Malika ayyor" dostoni o'zbek xalq og'zaki ijodiga mansub bo'lib ming yillar davomida xalqimiz baxshilari tomonidan kuylanib, xalqimiz tomonidan sevib tinglangan. "Malika ayyor" dostonining ushbu nusxasi xalqimizning mashhur baxshisi Fozil Yo'ldosh o'g'li (1872-1955) tomonidan kuylangan va Muhammadisa Ernazar o'g'li tomonidan yozib olingan. O'zbek xalqining buyuk adiblaridan biri - Hodi Zarif (1905- 1972) esa birinchi bor nashrga tayyorlagan. To'liq holatda yozma holatga keltirilishi esa Zubayda HUSAINOVA tomonidan amalga oshirilgan. "Malika ayyor" dostonida o'zbek xalqining azal-azaldan imon-e'tiqod, or-nomus va yurt birligi yo'lida o'zini ayamasligi yorqin aks ettirilgan. Siz dostonni o'qish davomida Go'ro'g'lining ovga chiqqanda Torkiston malikasi Malika Ayyorni uchratib oshiq bo'lishi, uni topish uchun o'g'li Avazxonni safarga yuborishi, Avazxonni o'ldirish uchun uning izidan Ahmad Sardorning buyrug'i bilan Asad va Shodmon merganlarning yo'lga chiqishi, Avazxonga devlar va parilarning yordam berishi, safarda Avazxonga Shoqalandar va Shozargar ismli shaxslarning yordam berishi, ularning birgalikda Torkistonga borishi, Torkistonda Malikaning sherini o'ldirib qo'yishi, Shozargarning Tillaqizni qo'lga kiritish uchun qilgan ishlari, Torkistondan Tillaqiz va Malika Ayyorni olib kelishlari, Safardan qaytishda devlar bilan bo'lgan janglar, Asad va Shodmonning safardan qaytayotgan Avazni o'ldirishga harakat qilishi kabi sarguzashtlarga boy voqealarga guvoh bo'lasiz.
Fan yoʻnalishi: | | |
---|---|
UDK | 38.048.472(071) |
Kitob nashriyoti nomi: | Ilm-ziyo-zakovat |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-6031-4-1 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2019 Yil |
Betlar Soni: | 304 |