To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Badiiy adabiyot |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
O'nta negr bolasi
Agata Kristi nomini alohida tanishtirishga hojat yo'q. Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda detektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan. Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar. Muallifning o'zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e'tirof etgani ham bejiz emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi. Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi detektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara. Dunyodan ajrab qolgan bo'm- bo'sh orol, ko'p xonali, zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'nta odam. Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom vashinam yotoqxo alar kutib turibdi. Lekin havas qigudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil qurgan tuzoqqa tushib qolgani ma'lum bo'ladi. Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo'ygan zahoti tuzoq yopilgan. Oroldan qochishning iloji yo'q. Borchani shubha-gumon chulg'ab olgan. Chehralarda ajal soyasi. Qo'rquv va dahshat. Faqatgina bolalar sanoq she'ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o'yinga ham xotima yasaladi. Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g'ayrioddiy yo'llar bilan o'ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo' layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan shambarchas bog'liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topimasa, nahotki o'limga mahkum bo'lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?
Fan yoʻnalishi: | | Adabiyot | |
---|---|
UDK | 821 |
Kitob nashriyoti nomi: | Yangi asr avlodi |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9943-27-681-9 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2020 Yil |
Betlar Soni: | 224 |