Don Kixotning sarguzashtlari

Kitob mualliflari Servantes M.,

Qo'lingizdagi ushbu kitob ispan adibi Migel de Servantes (1547-1616) qalamiga mansub "El ingenioso hidalgo Don Quijote de la Mancha romanining rus tili orqali (ispan tilidan rus tiliga Nikolay Mixaylovich Lyubimov «Хитроумный идальго Дон Кихот Ламанчский» nomi ostida tarjima qilgan) Sotiboldi Yo'ldoshev tomonidan "Don Kixotning sarguzashtlari" nomi ostida tarjima qilingan ko'rinishidir. Shuni bilingki, badiiy asarni tarjima qilish (ayniqsa, turkiy tillarga mansub bo'lmagan tildan tarjima qilish) shu asarni qaytadan yozish bilan teng qiyinchilikka ega. Shu tildagi iboralarni so'zlarni, jumlalarni yoki maqol-matallarni maromiga yetkazib tarjima qilish juda mushkul ish hisoblanadi. Chunki bunda tarjimondan bevosita eng kamida ikkita xorijiy tilni mukammal bilish, shuningdek, o'sha til egalari xalqning turmush- tarzi, etnografiyasini, madaniyatini va tarixini mukammal bilish talab etiladi. Shuning uchun Sotiboldi Yo'ldoshev ham doimo xalqimizning, ayniqsa, o'quvchi yoshlarimizning tahsin-u tashakkuriga sazovor bo'lgan. Biz ham shular qatorida tarjimon Sotiboldi Yo'ldoshevdan ushbu xizmatlari uchun behad xursandmiz!

Fan yoʻnalishi: | Adabiyot |
UDK 822.101.03
Kitob nashriyoti nomi: Ilm-ziyo-zakovat
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-5858-4-3
Kitob nashr qilingan yili: 2019 Yil
Betlar Soni: 608
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH