Masofaviy xodimlar mehnatini huquqiy tartibga solishning xususiyatlari

Kitob mualliflari Shoislomova S.S.,

Ushbu monografiya ishi "masofaviy mehnat", "masofaviy xodim" tushunchlari, masofadan ishlash usulini joriy etish, masofaviy xodimlar bilan ish beruvchining o'zaro hamkorlik qilish xususiyatlari, masofaviy xodimlar mehnatini tartibga solish va mehnatini tashkil etishning tartibi va o'ziga xos jihatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Shuningdek, tadqiqotda xorijiy davlatlarning qonunchiligida masofadan ish olib boruvchi xodimlarning mehnatini tartibga solish bo'yicha yondashuvlar o'rganilgan va bu borada O'zbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha muhim amaliy ahamiyatga ega bo'lgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, kadrlar xizmati xodimlari, shuningdek qonun ijodkorligi jarayonida bevosita ishtirok etuvchi shaxslar uchun foydalanish uchun foydali bo'ladi. Shuningdek, tadqiqotda ilgari surilgan taklif va xulosalardan mehnat huquqi. fuqarolik huquqi fanlari boʻyicha darsliklar, o'quv qo'llanmalar va namunaviy o'quv dasturlarda ko'rsatilgan mavzularni yoritishda, kelajakda masofadan turi ishlash bo'yicha olib borilishi rejalashtirilgan bitiruv malakaviy ishlarida ham foydalanish mumkin. Shuningdek, tadqiqot natijalaridan Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan o'tiladigan "Qiyosiy mehnat huquqi", "Mehnat shartnomasini huquqiy tartibga solish", fanlarining o'quv jarayonlarida foydalanish mumkin.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 349.2(035.3)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 979-8-87-442404-6
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 122
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Monografiya
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH