Raqamli jinoyat protsessi

Kitob mualliflari To'laganova G.Z.,

Mazkur monografiyada jinoyat protsessini raqamlashtirishning ijtimoiy-huquqiy asoslari, jinoyat protsessini raqamlashtirishning ijtimoiy zaruriyati, jinoyat protsessini raqamlashtirish modellari yoritilgan. Monografiyada "Elektron raqamli jinoyat ishi" va uning huquqiy mohiyati, jinoyat protsessida elektron raqamli jinoyat ishidan foydalanishning huquqiy asoslari hamda jinoyat protsessini takomillashtirish yuzasidan xorijiy davlatlar tajribasi asosida tavsiyalar berib o'tilgan. O'zbekiston Respublikasida raqamli jinoyat protsessining ahamiyati, mohiyati, uning huquqiy asoslarini o'rganish, jinoyat protsessini raqamlashtirish modellarining har birini alohida tadqiq etish, jinoyat protsessini raqamlashtirish orqali takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va fikr-mulohazalar bayon etilgan. Ushbu monografiya sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, o'qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, yuridik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrantlari, tinglovchi va kursantlari hamda boshqa kitobxonlar uchun mo'ljallangan.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 343.1(0.35.3)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-9284-5-1
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 106
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Monografiya
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH