To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
---|---|
Turi: | Monografiya |
Tili: | O‘zbek |
Kitob yozuvi: | Lotin |
Matn turi: | Bosma shaklda |
Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
Yusuf va Zulayxo dostoni syujetining genezisi va badiiy evolyutsiyasi
Monografiya "Yusuf va Zulayxo" dostoni syujetining qadimiy asoslari va uning badiiy talqinlarini o'rganish asosida o'zbek adabiyotidagi epik syujetlarning tadrijiy rivoji bosqichlari aniqlanishi, folklor va yozma adabiyot o'rtasidagi o'zaro ta'sir va aks ta'sir hodisasining epos taraqqiyotida tutgan o'rni belgilanishi, diniy manbalardan epik syujetlarning manbalari va badiiy adabiyotga ko'chish jarayoniga xos xususiyatlarni oydinlashtirilib berishga bag'ishlangan. Adabiy jarayon rivoji davomida mazkur epik syujetning Qul Ali, Durbek, Jusipbek Shayxulislamov va Andalib ijodidagi badiiy talqinlari, qissaxon-xalfalar repertuaridagi "Yusuf va Zulayxo" qissasining shakllanishi, o'zbek adabiyotida Yusuf mavzusining badiiy qayta ishlanishida an'anaviy syujetning stilizatsiyasi hamda uning asosiy personajlarini poetik timsol sifatida talqin qilish holati mavjudligi aniqlangan. Monografiya o'zbek mumtoz adabiyoti, tarixi va folklori bilan qiziquvchi olimlar, tadqiqotchilar va filolog mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
Fan yoʻnalishi: | | Ta'lim | |
---|---|
UDK | 894.375 |
Kitob nashriyoti nomi: | Toshkent davlat yuridik universiteti |
Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
ISBN: | 978-9910-789-03-8 |
Kitob nashr qilingan yili: | 2024 Yil |
Betlar Soni: | 138 |