Xalqaro shartnomalar normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish va ijrosini ta'minlash masalalari

Kitob mualliflari Almasova Sh.A., Mirmaxmudov Sh.A., Raxmetov R.A.,

Mazkur monografiyada xalqaro ommaviy huquq doirasida xalqaro shartnomalar huquqi bo'yicha huquqiy mezonlar, avvalo, xalqaro shartnoma va uning mohiyati, xalqaro shartnomalar normalarini milliy qonunchilikka tatbiq etish, xalqaro shartnomalar ijrosini ta'minlash tushunchasi, uning elementlari, usullari va vositalarining huquqiy va tashkiliy-institutsional asoslari nazariy konsepsiyalar va amaliyot yo'sinida batafsil yoritib berilgan, xalqaro shartnomalar platformasida o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan, o'zbek huquqiy tizimiga nisbatan yaqin va uzoq bo'lgan xalqaro huquq subyektlarining ichki amaliyotlarida shakllangan shartnoma amaliyoti qiyosiy-huquqiy tahlil qilingan, shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari yuzasidan milliy qonunchiligi va xalqaro huquqiy amaliyotining hozirgi holati kompleks tarzda tadqiqot bilan ochib berilgan hamda bu borada mualliflar tomonidan amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Monografiya kirish, 3 ta bob, 6 paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar qismlaridan iborat. Mazkur monografiya xalqaro shartnomalar implementatsiyasi, uning jahon amaliyoti va O'zbekiston Republikasi xalqaro shartnomalarini ijro etish bilan bog'liq bo'lgan huquqiy va tashkiliy-institutsional jihatlarini o'rganish va bu borada tizimli bilimlarni shakllantirishni maqsad qilgan talabalar uchun, ayniqsa, qo'l keladi. Toshkent davlat yuridik universiteti Tadqiqot etikasi kengashining navbatdan tashqari majlisi bayonnomasi bilan nashrga tavsiya etilgan.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 341.0(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Dimal
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-664-27-4
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 136
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Monografiya
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH