O'zbekistonda ijtimoiy himoya siyosatining tashkiliy-huquqiy asoslari

Kitob mualliflari Ismoilov B.S.,

Mazkur monografiyada O'zbekiston ijtimoiy himoya siyosatining tashkiliy- huquqiy asoslari o'zining nazariy hamda amaliy ifodasini topgan. Mazkur monografiyada davlat ijtimoiy himoya siyosatining tarixiy-huquqiy va nazariy-ilmiy jihatlari tahlil qilingan. O'zbekistonda ijtimoiy himoya siyosatining tashkiliy- yuridik xususiyatlari qiyosiy o'rganilgan. Shu bilan birga ijtimoiy himoya tizimining jahon davlatlari va xalqlari hayotida tutgan o'rni masalasiga ham atroflicha e'tibor qaratilgan. O'zbekistonda aholini ijtimoiy himoya qilish siyosati izchil tarzda olib borilar ekan, bu islohotlar natijasida nogironligi bo'lgan shaxslar, yolg'iz keksalar, ko'p bolali oilalar, karantin cheklovlari oqibatida og'ir ahvolga tushib qolgan oilalar hayoti yanada yaxshilanib bormoqda. Shu ma'noda ijtimoiy himoya kategoriyasining O'zbekiston sharoitida takomillashib borishi aholi turmushtarzi farovonligining muhim omili bo'lib xizmat qiladi. Monografiya doirasida ijtimoiy himoya sohasi samaradorligini oshirish bo'yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu monografiya huquqshunoslik sohasidagi ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar, huquqshunoslik sohasidagi amaliyotchi xodimlar va yuridik sohaga qizi'quvchilar uchun mo'ljallangan.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 364.01(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-7314-2-1
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 138
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Monografiya
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH