Yuridik terminlar izohli lug'ati (faol termin va tushunchalar)

Kitob mualliflari Tuzuvchi mualliflar,

Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lug'aviy tarkibi, jumladan, ter minologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o'zgarishlarga uchraydi Shu ma'noda yuridik soha terminologiyasida kuzatilgan taraqqiyot, o'zgarishlar hamda yangi lug'aviy birliklarning paydo bo'lishi va ayrim lug'aviy birliklarning iste'moldan chiqishi bugungi kunda ayni mavzuda lug'at tayyorlash dolzarbligini ko'rsatmoqda. Qo'lingizdagi faol yuridik termin va tushunchalar jamlangan "Yuridik terminlarning izohli lug'ati" ushbu bo'shliqni bir qadar to'ldirish maqsadida tuzilgan. Ushbu lug'atda yuridik sohaga oid terminlar berilgan bo'lib, har bir termin bugungi kundagi huquqiy, ijtimoiy-siyosiy ma'nosi jihatidan izohlangan. Mazkur lug'at tarkibi yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qonunlari va normativ-huquqiy hujjatlari normalari asosida, shuningdek, mavzuga oid terminlar lug'atlaridan foydalangan holda tuzildi hamda amaldagi o'zbek lotin alifbosi harflari ketma-ketligida tartiblandi. Lug'at soha mutaxassislari va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Fan yoʻnalishi: | Ta'lim |
UDK 030(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-666-31-5
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 336
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Lug‘at
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH