Norma ijodkorligini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari

Kitob mualliflari Xujanazarov A.A.,

Mazkur monografiyada muallif A. Xujanazarovning "Raqamli texnologiyalar rivojlanishi sharoitida norma ijodkorligining tashkiliy- huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusidagi (DSc) dissertatsiya ishi doirasida norma ijodkorligini takomillashtirishning ustuvor yo'nalishlari yoritilgan. Jumladan, norma ijodkorligi tushunchasi, qonunchilik hujjatlari loyihalarining huquqiy ekspertizasi, norma ijodkorligi faoliyatining raqamli transformatsiyasi, unda sun'iy intellektni qo'llashning tashkiliy-huquqiy jihatlari, ushbu faoliyatda korrupsiyaga qarshi, gender- huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy, lingvistik ekspertizalarining ahamiyati kabi masalalar o'rin olgan. Shuningdek, norma ijodkorligini monitoring qilishning tashkiliy-huquqiy jihatlari, ushbu faoliyatda fuqarolar ishtiroki, to'g'ridan to'g'ri amal qiluvchi qonunlar yo'nalishlari ko'rib chiqilgan. Monografiya huquqshunoslik yo'nalishida ta'lim oluvchi talabalarga, ilmiy tadqiqotchilarga, yuridik amaliyot mutaxassislariga va norma ijodkorligi sohasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.

Bilimlar sohasi: | Ta'lim |
UDK 34(035.3)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: TDYU
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-554-24-7
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 112
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Monografiya
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH