O'zbek tili sinonimlarining o'quv lug'ati
Kitob mualliflari
Dadaboyev H.,
Abjalova M.,
Rashidova U.,
Mazkur lug'at o'zbek tilidagi 2500 ga yaqin sinonimik qatorlarni o'z ichiga olgan bo'lib, unda ma'nodosh so'zlarning izohi, turkumi, to'liq, qisman yoki o'xshashligi, sinonimik qatorning tarixiy shakllari, uslubiy xoslanishi kabi ma'lumotlar berilgan. Mazkur lug'at undan foydalanuvchilarning so'z boyliklarini oshirish, nutqiy kompetensiyani shakllantirish, lingvistik bilim va ko'nikmalarini boyitishga yordam beradi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar rivojlangan ayni damda tarjimon dasturlarini yaratish, tabiiy tilni qayta ishlash, antiplagiat dasturi va sentiment analizni yaratish, asosiysi, o'zbek tili ontologiyasining sinsetlarini shakllantirishda qimmatli leksikografik manba sifatida xizmat qiladi. Lug'at nutq madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etiladigan qayta tayyorlov kurslari uchun uslubiy ko'rsatmalar, kompyuter lingvistikasi hamda medialingvistikaga oid monografik tadqiqotlar, o'quv qo'llanmalari, ma'ruza matnlari, seminar, amaliy mashg'ulot materiallari va laboratoriya topshiriqlari tizimini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
| Bilimlar sohasi: |
| Ta'lim |
|
| UDK |
811.512.133'373(038) |
| Kitob nashriyoti nomi: |
Bookmany print |
| Kitob nashr qilingan shahar:
|
Tashkent |
| ISBN: |
978-9943-9355-8-7 |
| Kitob nashr qilingan yili: |
2023 Yil |
| Betlar Soni: |
810 |