O'zbekiston madaniyat merosi Polsha muzeylarida

Kitob mualliflari Peri B.,

«O'zbekiston madaniy merosi» turkumidagi «O'zbekiston madaniy merosi Polsha muzeylarida kitob-albomi ushbu mamlakatdagi ikki madaniyat muassasasining madaniy yodgorliklarini taqdim etadi. O'zbekiston amaliy san'ati namunalarining eng katta kolleksiyasi Varshavadagi Osiyo va Tinch okeani muzeyida saqlanadi. Kolleksiya buyumlarining aksariyati asosan XX asrning 70-80-yillarida yaratilgan, ammo XIX asr oxiri - XX asr boshlariga oid ancha ilgarigi namunalar ham talaygina. Bular ekspeditsiyalar davomida to'plangan yoki hadya sifatida olingan to'qimachilik mahsulotlari, metall buyumlar (idishlar va zargarlik buyumlari), kulolchilik namunalari va boshqalardır. Shuningdek, o'quvchi Severin Udzela nomidagi Krakov etnografiya muzeyining o'zbek artefaktlari bilan tanishadi. Ushbu nashr nafaqat olim va tadqiqotchilar, balki O'zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi barcha mahalliy va xorijiy o'quvchilar, yosh avlod vakillari uchun mo'ljallangan. Jahonda o'xshashi yo'q ushbu Loyiha mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zbek xalqining madaniy, tarixiy va intellektual merosini asrab-avaylash, boyitish hamda yanada ko'paytirish masalalariga bo'lgan shaxsan e'tibori tufayli amalga oshirilmoqda. Sahifalarda qo'shimcha vizual ma'lumotlarni olish uchun planshet yoki smartfonda skanerlashga mo'ljallangan QR-kodlar mavjud. O'zbekiston madaniy merosi ko'p jildli turkumi O'zbekistonning noyob tarixiy-madaniy merosining boshqa namunalariga bag'ishlangan kitob-albomlarni chop etishni ham nazarda tutadi.

Bilimlar sohasi: | Ta'lim |
UDK 069.5(438):745\749(=512.133)(084)
Kitob nashriyoti nomi: Silk road media
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-9555-9-2
Kitob nashr qilingan yili: 2024 Yil
Betlar Soni: 400
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: To‘plam
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar