"Ichan-qala" davlat muzey-qo'riqxonasi to'plami

Kitob mualliflari Peri B.,

"Ichan-Qal'a" davlat muzey-qo'riqxonasi to'plami" kitob-albomi Xiva xonlarining shu nomdagi qal'asida joylashgan, YUNESKOning Butunjahon merosi obyektlari ro'yxatiga kirgan ochiq osmon ostidagi eng mashhur muzeylardan biriga bag'ishlanadi. 1920-yilda ochilgan kunidan boshlab muzey fondi doimiy ravishda to'ldirib kelingan va hozirgi paytda eng qadimgi davrlardan bugungi kungacha bo'lgan Xorazm tarixini aks ettiruvchi 60 000 dan ortiq eksponati bor. Muzey-qo'riqxona tarkibiga 15 ta doimiy ekspozitsiya kiradi. Kitob-albom bo'limlari arxeologik kolleksiyalari, numizmatika va bonistika to'plamlari, qo'lyozmalar va hujjatlar, fotokolleksiyalar, dekorativ-amaliy san'at ashyolari, XX asrning tasviriy san'at asarlari haqida tasavvur beradi. Ushbu nashr nafaqat olim va tadqiqotchilar, balki O'zbekistonning boy madaniy merosiga qiziquvchi barcha mahalliy va xorijiy o'quvchilar, yosh avlod vakillari uchun mo'ljallangan. Jahonda o'xshashi yo'q ushbu Loyiha mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o'zbek xalqining madaniy, tarixiy va intellektual merosini asrab-avaylash, boyitish hamda yanada ko'paytirish masalalariga bo'lgan shaxsan e'tibori tufayli amalga oshirilmoqda. Sahifalarda qo'shimcha vizual ma'lumotlarni olish uchun planshet yoki smartfonda skanerlashga mo'ljallangan QR-kodlar mavjud. "O'zbekiston madaniy merosi" ko'pjildli turkumi O'zbekistonning noyob tarixiy-madaniy merosining boshqa namunalariga bag'ishlangan kitob-albomlarni chop etishni ham nazarda tutadi.

Bilimlar sohasi: | Ta'lim |
UDK 069.51(575.171(084.121)+737(575.171)(084.121)
Kitob nashriyoti nomi: Silk road media
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-9221-6-9
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 464
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: To‘plam
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar