Tanlangan asarlar II-jild

Kitob mualliflari Raxmonqulov X.A.,

Mazkur jild muallifning fuqarolik huquqining eng muhim va murakkab institutlariga bag'ishlangan, chuqur nazariy tahlilga asoslangan ilmiy ishlarini o'zida mujassam etgan. Ushbu tadqiqotlar sivilistik fanning fundamental asoslarini qamrab oladi. Jildda fuqarolik-huquqiy munosabatlar obyektlari nazariyasiga doir konseptual tahlil taqdim etiladi. Unda obyektlarning umumnazariy tavsifidan tashqari ashyolar, pul va qimmatli qog'ozlar kabi moddiy hamda intellektual faoliyat natijalari, shaxsiy nomulkiy huquqlar kabi nomoddiy ne'matlarning murakkab fuqarolik-huquqiy rejimi tizimli ravishda ochib beriladi. Shuningdek, to'plamda fuqarolik huquqining eng murakkab bitimlar instituti keng qamrovli tadqiq etilgan. Unda bitimning yuridik fakt va erk-iroda ifodasi sifatidagi ikkiyoqlama tabiati, uning turlari (jumladan, konsensual va real, kauzal va abstrakt, fidutsiar bitimlar) hamda shakllari chuqur ilmiy tasniflanadi Ayniqsa, bitimlarning haqiqiy emasligi asoslari va uning huquqiy oqibatlariga oid masalalar qonunchilik va sud amaliyoti nuqtayi nazaridan tanqidiy tahlil qilingan.. Asarning salmoqli qismi mulk huquqi institutining nazariy muammolariga bag'ishlangan. Unda mulkiy munosabatlarning tarixiy-qiyosiy tahlili orqali mulk huquqining mazmuni, uning xususiy va ommaviy shakllari, subyektlari va obyektlariga oid doktrinal qarashlar rivojlantiriladi. Bundan tashqari, mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo'lish asoslari hamda uning ashyoviy-huquqiy himoya usullari (vindikatsion va negator da'volar) kabi muhim nazariy va amaliy masalalar atroflicha tadqiq etilgan. To'plam huquqshunos olimlar, amaliyotchilar, o'qituvchilar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda fuqarolik huquqining eng muhim institutlariga oid chuqur nazariy bilimlar va amaliy ahamiyatga ega ilmiy xulosalar mujassamlashgan.

Bilimlar sohasi: | Adabiyot |
UDK 347(092)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: TDYU
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-554-84-1
Kitob nashr qilingan yili: 2025 Yil
Betlar Soni: 448
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: To‘plam
Nashr tili: O‘zbek
Kataloglashtirish manbai: Lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH