Ma'muriy huquq va protsess

Kitob mualliflari Muratayev Serikbek Alpamisovich, Musayev Bekzod Tursunboyev, Artikov Dilmurod,

Mazkur darslik oliy yuridik o'quv yurtlarining 5240120 Yurisprudensiya bakalavr ta'lim yo'nalishi ta'lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Ma'muriy huquq va protsess fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Unda O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlariga 2022-yil 1-yanvargacha kiritilgan o'zgartish va qo'shim- chalar e'tiborga olingan. Darslikda ma'muriy huquq tarmog'i va davlat boshqaruvi organlari faoliyatini izohlash masalasiga doktrinal qaralib, ularga ommaviy va xususiy huquq subyektlari sifatida ko'rish nuqtayi nazaridan yondashilgan. Shu tariqa davlat organlarining xalq manfaatlariga xizmat qilish prinsipini ifodalashga urinildi. O'quvchi ushbu darslik orqali O'zbekistondagi mavjud davlat boshqaruvi organlari tizimini, ularning asosiy funksiya va vazifalarini, jismoniy va yuridik shaxslarga ko'rsatadigan asosiy davlat xizmatlari turlari hamda ularning mohiyatini tizimli ravishda va oson tushunib olishi mumkin.

Fan yoʻnalishi: | юриспруденция |
UDK 342.9(07)
Kitob nashriyoti nomi: Yuridik adabiyotlar publish
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-8010-0-4
Kitob nashr qilingan yili: 2022 Yil
Betlar Soni: 392
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Darslik
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH