Xodimlar bo'yicha ish yuritish

Kitob mualliflari G.K.Sarimsakova va boshqalar.,

Darslikda xodimlar bo‘yicha ish yuritish tartibi, usullari va vositalari, kadrlar bo‘limining faoliyati, kadrlar bo‘limi xodimlarining vazifa va funksiyalari, shuningdek, korxona, muassasa, tashkilotlarda xodimlar bo‘yicha ish yuritishni tartibga solishga qaratilgan turli masalalar yoritilgan. Mazkur darslik xodimlar bo‘yicha ish yuritish amaliyotida rioya qilinilishi kerak bo‘lgan qoidalarni va turli lokal hujjatlardan namunalarni o‘z ichiga olgan. Darslik o‘quvchilarga mehnat qonunchiligi normalarini amaliyotda qo‘llashni o‘rgatish maqsadida tayyorlangan o‘quv adabiyoti hisoblanadi. Darslik 3240100 – yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi o‘quv dasturiga mos ravishda tayyorlangan bo‘lib, darslikdan yuridik o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari (yuridik kollejlar) o‘quvchilari, bakalavriat yo‘nalishi talabalari va xodimlar bo‘yicha ish yurituvchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin. Darslikda 2019 yil 1 noyabrga qadar amalda bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlardan foydalanilgan

Fan yoʻnalishi: | Huquqshunoslik |
UDK 35.077(1075)(575.1)
Kitob nashriyoti nomi: "Azmir Nashr Print" MChJ
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-6912-6-1
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 180
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 1.68 MB
Turi: Darslik
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH