Ulug'bek xazinasi

Kitob mualliflari Odil Yoqubov,

"Padarkush, toj-u taxt,olti oy..." Nizomiy Ganjaviyning bu jumlalarini o'qigan Abdulatif nechog'lik xato qilganini anglaydi,anglaganda ham o'zini kutayotgan fojialarni,atrofidagi sotqinlarni,xiyonatlarni ko'rib-bilib anglaydi.Otasi-yu o'z jigariga qilgan xunrezligi, millat ma'naviyatiga qilgan adolatsizligi ko'z oldida yaqqol namoyon bo'ladi.Ko'ngil sezgan mudhish taqdir boshida yalang'och qilich bo'lib ko'tarilganda,tiliga bir kalom kelad:"Gunohkor farzandingizni kechirgaysiz, buzrukvor!" Ammo bu bilan na otasi, na millat va na xalqni oldida o'zini oqlay oladi... Odil Yoqubovning ushbu asari o'quvchini bir dam tarix sahnasiga olib chiqadi.Yaxshilar davrasida ilm va odamiylikka,xiyonatkor amirlar qurshovida makkorlik va xudbinlikka guvoh bo'ladi.Vijdon amri va to'g'riso'zlik naqadar buyuk kuch ekanligiga amin bo'ladi. O'quvchi kitob mutolaasi davomida buyuk allomani yod etadi va uning ma'naviy merosi bugungi kungacha yetib kelishida sababchi bo'lgan tarixiy shaxslar va voqealar bilan badiiy tasvirlarida tanishadi.

Fan yoʻnalishi: | Adabiyot |
UDK 821.512.133(092)
Kitob nashriyoti nomi: Yangi asr avlodi
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-20-429-4
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 368
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH