O'nta negr bolasi

Kitob mualliflari Agata Kristi,

Agata Kristi nomini alohida tanishtirihga hojat yo'q.Adabiyot ahli tomonidan haqli ravishda dedektiv janrining yetakchilaridan biri sifatida tan olingan.Uning mazkur asarida ham kitobxon sirli va qiziqarli olamga sayohat qilishi muqarrar.Muallifning o'zi aynan shu asarini eng yaxshisi deya e'tirof etgani ham bejis emas. Ushbu asarda bir-biriga hech qanday aloqador bo'lmagan o'nta odam xilvat oroldagi uyga keladi.Sirli taklifnoma bilan ularni bu yerga kim chaqirdi? Yaxshi dedektiv ixlosmandlarining yuragi darrov shuv etib ketadigan manzara.Dunyodan ajrab qolgan bo'm-bo'sh orol,ko'p xonali,zimiston yo'lakli katta sirli uy va Zanjilar orolining sohibi taklifiga ko'ra uyga kelgan o'nta mutlaqo notanish, bir-biriga o'xshamagan o'nta odam.Bu yerda ularni qulay shart-sharoitlar, mazali taom va shinam yotoqxonalar kutib turibdi.Lekin havas qilgudek mehmondo'stlik tez orada sarobga aylanib, mehmonlar savdoyi qotil turgan tuzoqqa tushib qolgani ma'lum bo'ladi.Ular orolning toshloq zaminiga qadam qo'ygan zahoti tuzoq yopilgan.Oroldan qochishning iloji yo'q.Barchani shubha-gumon chulg'ab olgan.Cheharalarda ajal soyasi.Qo'rquv va dahshat .Faqatgina bolalar sanoq she'ri va mitti negr bolalari tugashi bilan bu dahshatli o'yinga ham xotima yasaladi.Biroq nega? Ularni birin-ketin eng g'ayrioddiy yo'llar bilan o'ldirish kimga kerak? Nima uchun sodir bo'layotgan voqealarning bari quvnoq bolalar she'ri bilan chambarchas bog'liq? Nahotki bu jumboqning yechimi topilmasa, nahotki hammasi o'limga mahkum bo'lsa? Lekin nima uchun? Ular rostdan ham aybdormi?

Fan yoʻnalishi: |
UDK 821
Kitob nashriyoti nomi: Yangi asr avlodi
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-27-681-9
Kitob nashr qilingan yili: 2020 Yil
Betlar Soni: 224
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH