Navoiy

Kitob mualliflari Muso Toshmuhammad o'g'li Oybek,

"Navoiy" romani o'zbek va rus tillarida bir necha marta nashr etlgan asar.Navoiydan keyingi davr uning asarlariga qiziqishni oshirsa oshirdiki,aslo kamaytirmadi.Oybek asarda Navoiy siymosini yaratadi.Bundan besh asr oldin yashab o'tgan ulug' shoirni aniq va yaqqol tasavvur etish buyuk yozuvchigagina xos.Oybek romanda buyuk shoir obrazini yaratishda Navoiyning turkiy til va adabiyotga bo'lgan munosabati tasviridan ham o'rinli foydalangan.Asarda Navoiy obraziga xos xususiyatlar sofdillik,qat'iyat va olijanoblik kabi fazilatlarda namoyon bo'ladi.Darhaqiqat,"Navoiy" romani o'zining badiiy-estetik qimmati,mazmun-mohiyati,badiiy tasviriy vositalarga limmo-limligi,voqealarning izchilligi,tarixiy haqiqatning ko'zgusi bo'la olganligi,qahramonlarning bir-biri bilan,ya'ni to'qima va tarixiy obrazlarning uyg'unlashganligi bilan ham yuksak tahsin va e'tiroflarga loyiq asardir. Shu bois ham bu asar mana necha yillarki, o'z qadr-qimmatini yo'qotgan emas,yo'qotmaydi ham.Chunki chinakam badiiy san'at asari hech qachon o'lmaydi.Bunday asarlarni xalq unutmaydi.Oybekning o'zbek mumtoz adabiyotida siymo, ulug' mutafakkir sanalgan Navoiy obrazini go'zal tasvirlab bera olgan bu romani mangu yashayveradi.

Fan yoʻnalishi: |
UDK 821.512.133
Kitob nashriyoti nomi: Yangi asr avlodi
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-20-603-8
Kitob nashr qilingan yili: 2021 Yil
Betlar Soni: 424
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Badiiy adabiyot
Tili: O‘zbek
Kitob yozuvi: Lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH