Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon (1898-1938)-shoir,yozuvchi,dramaturg,tarjimon va jamoat arbobi."Sadoi Turkiston","Darxon", "Yangi Sharq", "Ishtirokiyun", "Buxoro axbori" gazetalari va "Mushtum", "Guliston" kabi jurnallarda faoliyat yuritgan."Ilmiy kengash", "Chig'atoy gurungi", "Nashri maorif" tashkilotlari va "Turon" teatrida adabiy, ilmiy-ma'rifiy ishlar bilan shug'ullangan.Uning "O'zbek yosh shoirlari', "Uyg'onish" (1922),"Buloqlar"(1923), "Tong sirlari" (1926) va "Soz" (1935) to'plamlari;"Oydin kechalarda", "Qor qo'ynida lola", "Novvoy qiz", "Qurboni jaholat", "Do'xtir Muhammadyor singari hikoyalari", "Yo'l esdaligi", "Vayronalar orasidan", "Adabiyot nadir?" kabi ocherk va maqolalari; "Temirchi","Gunoh", "Cho'rining isyoni", "Yorqinoy", "Xalil farang","O'ldiruvchi" (1921), "Sevgi va saltanat", "Cho'pon sevgisi"(1922), "Yana uylanaman","Qorovul uyqusi" kabi sahna asarlari va "Kecha va kunduz" romani mavjud.Cho'lpon "Malikai Turondot" (K.Gotstsi),"Tergovchi" (N.V.Gogol), "Labbay", "Xasis( Moler) kabi asarlarni tarjima qilgan.Cho'lponga Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti (1991) va "Mustaqillik" ordeni (1999) berilgan.