-
-
юриспруденция,
-
Ўзбекистон Республикасининг Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодекси
Муаллифлар жамоаси,юриспруденция, -
-
Hakamlik muhokamasi
Mamasiddiqov M, Xabibullayev D. Y., Masadikov Sh, Azizov A, Salimov I,юриспруденция, -
TIBBIY-MEHNAT EKSPERTIZASINING HUQUQIY ASOSLARI
Y.Tursunov , M.Usmonov ba boshqalar,юриспруденция, -
-
-
-
юриспруденция,
-
-
юриспруденция,
-
юриспруденция,
-
-
-
-
-
-
юриспруденция,
-
-
Ashyoviy huquqlar tizimi
Koryog'diyev B.U,Ushbu o'quv qo'llanmada ashyoviy huquq tizimiga oid qonunchilikning O'zbekiston Respublikasidagi rivojlanish genezisi, to'liq va cheklangan ashyoviy huquq tushunchasi, mohiyati, tamoyillari, o'ziga xos jihatlari va turlari, shuningdek, mulk huquqi, servitut huquqi, xo'jalik yurituvi va operativ boshqaruv huquqi, uzufrukt, superfitsiy kabi boshqa ashyoviy huquqlarga oid qoidalar, ingliz, qit'a hamda musulmon huquqida ayrim ashyoviy huquqiy munosabatlar tahlil etilgan. O'quv qo'llanma huquqshunoslik oliy o'quv yurtlarining talabalari, magistrlari, doktorantlari, o'qituvchilari va ashyoviy huquqqa oid masalalarga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Yurisprudensiya ta'lim dasturlarida o'quv darslarini o'tkazish
Rustambekov I.,Mazkur o'quv qo'llanma ilg'or xorijiy tajriba, xususan, yetakchi xorijiy yuridik maktablar tajribasiga asoslangan yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi doirasidagi fanlardan mashg'ulotlar o'tkazish bo'yicha ilk nashr hisoblanadi. Ushbu o'quv qo'llanma yuridik ta'lim muassasalari va fakultetlarning, huquq sohasiga ixtisoslashgan boshqa ta'lim muassasalarining talabalari, magistrantlari, ilmiy xodimlari va o'qituvchilari hamda amaliyotchi mutaxassislar, shuningdek, o'zining pedagogik mahoratini oshirishga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
-
Iqtisodiyot nazariyasi II
Jo'rayeva T, Tojiboyeva D,Mazkur o'quv qo'llanma iqtisodiy munosabatlarni nazariy jihatdan o'rga- nishda jahon tajribasidan kelib chiqib, iqtisodiy kategoriyalar, bozor iqtisodiyo- tining qonuniyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinamikasini o'zlashtirishni yengillashtirish, fanning mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berish maqsadida tayyorlangan. Qo'llanmada iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar, yetakchi nazariy maktablar, yo'nalishlar va ularning namoyandalari fikrlari, konsepsiyalari hisobga olingan. Unda iqtisodiyot nazariyasi fanining o'quv dasturida o'rganish ko'zda tutilgan barcha mavzulari qamrab olingan. Qo'llanma mantiqan bir-biri bilan bog'langan ikki qismdan iborat bo'lib, unda iqtisodiyotning umumiy asoslari va bozor iqtisodiyotiga oid koʻrgazmali va tarqatma materiallar berilgan. Qo'llanmani tayyorlashda Respublika Prezidenti I.A.Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlardan hamda mamlakat iqtisodiy hayotiga tegishli rasmiy statistik ma'lumotlardan o'z o'rmida foydalanilgan. Qo'llanma oliy o'quv yurtining barcha yo'nalishlardagi bakalavrlari va iqtisodiyot nazariyasi fanidan dars beruvchi o'qituvchilarga mo'ljallangan. Shu bilan birga undan magistrantlar, tadqiqotchilar va hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muammolarini o'rganishga qiziquvchi keng kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
-
-
TIBBIY-MEHNAT EKSPERTIZASINING HUQUQIY ASOSLARI
Y.Tursunov , M.Usmonov ba boshqalar,Ijtimoiy muhofaza olishga bo'lgan huquq va uni ta'minlashi davlatimiz va jamiyatimiz e'tiborida turgan muhum masalalardan sanaladi. mehnat layoqatidan butunlay yoxud uzoq muddatga mahrum bo'lganda fuqarolarni ijtimoiy muhofazani amalga oshirishda tibbiy-mexnat ekspertiza xizmatining ahamiyati kattadir.
-
FUQAROLIK VA OILA HUQUQI
D.M. Karaxodjayeva , N.M.Akayeva,O'zbekiston RespublikasiningKonstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, Oila kodeksi, amaldagi qonun hujjatlari va xalqaro huquq normalari asosida yozilgan ushbu kitobda fuqarolik va oila huquqi tushunchalari, fuqarolik va oila huquqining manbalari, fuqarolik-huquqiy va oilaviy munosabatlar , fuqarolik va oila huquqining subektlari va obektlari, fuqarolik huquqida vakillik ishonchnoma , vakolatda'vo muddati.
-
-
-
-
Davlat va huquq nazariyasi
X.T.Odilqoriyev, I.T.Tulteyev va boshqalar,O'quv qo'llanma davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlandi.U davlat va huquqni talqin etishdagi an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlarni ham qamrab olgan.Shuningdek,unda O'zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati,demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topgan.Davlat va huquqning mohiyati,mexanizmi,funksiyalari va jamiyatni modernizatsiyalash davridagi roli jonli tarzda bayon etildi.
-
Davlat va huquq nazariyasi
X.T.Odilqoriyev, I.T.Tulteyev va boshqalar,O'quv qo'llanma davlat va huquq sohasidagi hozirgi zamon ilmiy konsepsiyalarini inobatga olgan holda tayyorlandi.U davlat va huquqni talqin etishdagi an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammolar hamda nuqtayi nazarlarni ham qamrab olgan.Shuningdek,unda O'zbekistonda shakllanayotgan fuqarolik jamiyati,demokratik davlatchilik va huquqiy tizim xususiyatlariga oid nazariy xulosalar o'z ifodasini topgan.Davlat va huquqning mohiyati,mexanizmi,funksiyalari va jamiyatni modernizatsiyalash davridagi roli jonli tarzda bayon etildi.
-
Davlat va huquq nazariyasi
A.Saidov, U.Tojixonov,"Davlat va huquq nazariyasi" fani bo'yicha mazkur kitobni tayorlashda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqillik yillarida qabul qilingan va qonunlaridan,mamlakatimizda hamda xorijda bosilib chiqqan yuridik adabiyotlardan,shuningdek,ilmiy jurnallarda va vaqtli ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan fanga oid maqolalardan, risolalardan ham keng foydalanildi. Kitobda "Davlat va huquq nazariyasi" fanining predmeti,metodi masalalari,davlat va huquqning kelib chiqishi,taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari,davlat nazariyasining asosiy muammolari bayon etilgan.
-
Shaxsga qarshi jinoyatlar
Otajonov A.A,O'quv qo'llanmada shaxsga qarshi jinoyatlar tushunchasi, turlari ularning obyektiv va subyektiv belgilari, shuningdek, ushbu turdagi jinoyatlarni kvalifikatsiya qilishning o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Huquqshunos olimlar va amaliyot xodimlari, yuridik ta'lim muassa- salarining professor-o'qituvchilari, doktorantlari, mustaqil izlanuvchilari, tinglovchi, kursant va talabalariga mo'ljallangan.
-
Yuridik xizmat: nazariya va amaliyot uyg'unligi
O.S.Narziyev,Mazkur o'quv qo'llanma yuridik xizmat xodimlari faoliyatiga oid nazariy masalalar, xorijiy va milliy tajribadan kelib chiqqan holda amaliy maslahatlar,yuriskonsult faoliyatida zarur bo'lgan huquqiy hujjatlarning namunalari,sohaga oid asosiy normativ-huquqiy hujjatlar tahlillari,har bir mavzuga oid kazuslar, mantiqiy savollar va testlar hamda foydalanilgan va tavsiya etiladigan adabiyotlar ro'yxati kabi ham nazariy,ham amaliy jihatdan foydali ma'lumotlardan tuzilgan.
-
Ҳуқуқ метафизикаси, давлат ҳуқуқи, ҳуқуқ ва адабиёт
Саидов А.Х.,Мазкур китобда немис конституциявий ҳуқуқий институтлари, сиёсий демократия ва ҳуқуқий маданиятнинг тарихий ривожланиши тажрибаси, Германия сиёсий партияларининг тарихи ва ҳозирги кунда тутган ўрни, ҳамда нафакат немис, балки жаҳон адабиётининг И. Кант, И.В. Гёте, Э.Т.А. Ҳофман каби буюк намояндаларининг ҳаёти ва ижоди, уларнинг фалсафий-ҳуқуқий қарашлари тўғрисида сўз боради. Ушбу китоб хукукшунослар, файласуфлар, сиёсатшунослар, тарих- чилар, шунингдек, фалсафа ва хукук тарихи, халқаро сиёсат масалалари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Ўзбекистоннинг коррупцияга қарши кураш стратегияси
Алиев Б.,Ушбу ўқув қўлланмада замонавий технологиялар асосида дарс ўтиш. нинг услублари ва барча мавзулар бўйича намунавий сценарийлар баён қилинган. Мавзулар бўйича тарқатма материаллар, мавзу мазмуни ва ҳар бир мавзунинг шаклан хилма-хиллиги мазкур қўлланманинг тавсифли хусусиятидир. Ўкув қўлланма талабанинг мустакил, ижодий фикрлаши, кенг, чукур сиёсий дунёкарашга ега бўлиши учун муаммолар кўйиш асосида ёзилган.
-
Порахўрлик жиноятларини тергов қилишнинг хусусиятлари
Mualliflar jamoasi,Мамлакатимизда коррупцияга қарши курашишда ушбу тоифадаги жиноятларни сифатли ва малакали тергов қилиш муҳим аҳамият касб этади. Шу муносабат билан ушбу услубий қўлланма коррупциявий жиноятлар орасида ижтимоий хавфлилик даражаси нисбатан юқори ҳамда исботлаш қийин бўлган порахурлик жиноятларини тергов қилишнинг хусусиятларига бағишланган. Қўлланмада порахўрликка қарши курашиш соҳасидаги асосий муаммолар, ушбу жиноятларни фош этиш даражаси пастлиги ва исботлаш қийинлигининг объектив ва субъектив сабаблари кўрсатиб ўтилган. Жиноят ишлари ҳужжатларининг таҳлили асосида бу турдаги жиноят ишлари бўйича тезкор-қидирув тадбирлари ва дастлабки терговни ташкиллаштириш ва ушбу ҳаракатларни ўтказиш юзасидан услубий тавсиялар ишлаб чиқилган. Қўлланма прокуратура, ички ишлар органлари ва ДХХ органларининг терговчилари ҳамда суриштирувчилар амалиётда қўллашлари учун мўлжалланган. Бундан ташқари, қўлланма ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органларнинг тергов ва суриштирув фаолияти устидан назоратни амалга ошириш вазифалари юклатилган прокуратура органлари ходимлари, тергов маҳкамаларининг бошлиқлари, шунингдек, судьялар ва юридик олий ўкув юртлари изланувчилари ҳам амалиёт ва илмий соҳада фойдаланишлари мумкин.
-
Shartnoma huquqi
Mualliflar jamoasi,Ushbu darslikda shartnomalar to'g'risidagi umumiy tushunchalar, fuqarolik huquqiy shartnomalarni tizimlashtirish, fuqarolik-huquqiy shartnomalarni tuzish va shartnoma taraflarining oʻzgarishi, shartnomani o'zgartirish va bekor qilish asoslari, mulkni topshirishga qaratilgan shartnomalar, ishlarni bajarishga qaratilgan shartnomalar, xizmat ko'rsatishga qaratilgan shartnomalar, turli tuzilmalarni tashkil etishga qaratilgan (umummaqsadli) shartnomalar, aralash va nomlanmagan shartnomalar, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini ta'minlash, shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgarlik, shartnomalarning haqiqiy emasligi va uning huquqiy oqibatlari yoritib berilgan. Darslik "Shartnoma huquqi" fanini o'rganish o'rgatish bilan va shug'ullanuvchi professor-o'qituvchilar, tadqiqotchilar, talabalar, tinglovchilar, ilmiy xodimlar hamda huquq ijodkorligi faoliyati bilan qiziquvchilarga mo'ljallangan.