-
-
-
-
Мирный договор между Россией с одной строны и Германией, Австро-Венгрией,Болгарией,и Турцией с другой.
Австро-Венгрией, Болгарией, и Турцией с другой.,юриспруденция, -
-
-
Tanlangan asarlar I-jild
Rahmonqulov X.J.,Mazkur jildga muallifning konstitutsiyaviy huquq va fuqarolik huquqi sohalariga oid hir qator fundamental ilmiy ishlari jamlangan bo'lib, ular mamlakat huquqiy tizimining nazariy va amaliy jihatdan dolzarb masalalariga bag'ishlangan. Jilddan o'rin olgan "Insonparvar davlat Konstitutsiyasi" asarida inson huquq va erkinliklarining nazariy-huquqiy asoslari, ularning tarixiy taraqqiyoti va xalqaro-huquqiy manbalardagi o'rni tahlil qilinadi. Asarda shaxsiy (yashash, shaxs erkinligi va daxlsizligi), siyosiy (davlat boshqaruvida ishtirok etish, uyushish erkinligi), iqtisodiy va ijtimoiy (mulk, mehnat, ta'lim olish) huquqlarning batafsil tasnifi berilib, ularni ta'minlashning konstitutsiyaviy kafolatlari hamda fuqarolarning asosiy burchlari masalalari atroflicha yoritiladi. Shuningdek, "O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga oid umumiy tavsif va sharhlar kitobidan keltirilgan qismda mustaqil O'zbekistonning yangi Fuqarolik kodeksining konseptual nazariy asoslari chuqur ochib berilgan. Unda kodeks bozor iqtisodiyotining huquqiy poydevori va yangi jamiyatning "iqtisodiy konstitutsiyasi" sifatida tavsiflanadi. Muallif kodeksning munosabatlar ishtirokchilarining yuridik tengligi, mulkning daxlsizligi, shartnoma erkinligi kabi fundamental tamoyillarini mustahkamlab, tadbirkorlik va xususiy tashabbus erkinligini kafolatlashga xizmet qilishini ilmiy asoslab beradi. "Fuqarolik huquqi muammolari" fundamental darsligidan kiritilgan bo'limlarda esa fuqarolik huquqining predmeti, metodi, tamoyillari kabi fundamental masalalar bilan bir qatorda, fuqarolik- huquqiy munosabatlarning asosiy subyektlari-jismoniy shaxslar (fuqarolar), yuridik shaxslar (tijorat va notijorat tashkilotlari) va davlatning huquqiy maqomi chuqur nazariy tahlil qilinadi. To'plam huquqshunos olimlar, amaliyotchilar va talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, milliy huquqiy tafakkur va amaliyoti rivojiga xizmat qiluvchi muhim ilmiy xulosalarni o'zida jamlagan.
-
-
-
Мирный договор между Россией с одной строны и Германией, Австро-Венгрией,Болгарией,и Турцией с другой.
Австро-Венгрией, Болгарией, и Турцией с другой., -
-
Ўзбекистон Республикасининг давлат ва ҳуқуқ рамзлари
Очилов Ў.,Мазкур монографияда давлат ва ҳуқуқ рамзларини ўрганиш бўйича фан соҳасининг мақоми, методологияси, предмети, давлат ва ҳуқуқ рамзлари тушунчаси, функциялари, турлари, мазмуни, Ўзбекистон Республикаси давлат ва ҳуқуқ рамзларидан фойдаланишнинг ҳуқуқий асослари тадқиқ этилган. Монография ҳуқуқшунос олимлар, амалиётчи ҳуқуқшунослар, тадқиқотчилар ҳамда давлат ва ҳуқуқрамзлари билан қизиқувчи китобхонлар учун мўлжалланган.